AsosiyJamiyat

Ertaga Konstitusiyaviy komissiyaning navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tadi

'Ertaga Konstitusiyaviy komissiyaning navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tadi'ning rasmi

2022 yil 17 iyun kuni soat 10:00 da O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish yuzasidan takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni oshirish bo`yicha Konstitusiyaviy komissiyaning navbatdagi yig`ilishi o`tkaziladi.

Mazkur yig`ilishda Konstitusiyaviy Komissiya a`zolari tomonidan takliflar birma-bir muhokama qilinib, asosli takliflar bo`yicha a`zolar o`z xulosasini bildiradi.

Bunday qizg`in jarayonni siz to`g`ridan-to`g`ri "O`zbekiston", "UzReport", "MY5", "RenessansTV" telekanallari, shuningdek, Konstitusiyaviy komissiyaning Facebook'dagi (Bu mening konstitutsiyam) rasmiy sahifasi orqali jonli efirda kuzatishingiz mumkin.

Konstitusiyaviy Komissiya yig`ilishidagi muhokamalar barcha hamyurtlarimiz uchun ochiq, shaffof holda o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar