Shimoliy Koreyada shifokorlar mamlakat janubi-g`arbida o`tkir ichak kasalligi avj olganini ma`lum qildi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi (KCNA) xabar berdi.
Qayd etilishicha, “o`tkir ichak epidemiyasi avj olgani” munosabati bilan respublika rahbari Kim Chen In Janubiy Xvanxe provinsiyasining Xeju shahriga dori-darmon partiyasini yuborgan.
U o`tkir kasallik yuqtirganlikda shubha qilingan bemorlarga “ehtiyotkorlik bilan karantin choralari” ko`rilishini va shaharda intensiv dezinfeksiya ishlarini olib borishni buyurdi.
Agentlik kasallikning aniq nomi va kasallanganlar soni haqida ma`lumot bermagan.






