AsosiyDunyo

Turkmaniston prezidenti Germaniyada davolanayotgani ma`lum bo`ldi

'Turkmaniston prezidenti Germaniyada davolanayotgani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov 21 iyun kuni Ashxoboddan Myunxenga parvoz qilgan. Safar tibbiy maqsadda amalga oshgani ma`lum qilindi. Bu haqda «knews» yozmoqda.

Manbaning yozishicha, prezident aeroportdan darhol Myunxendagi klinikalardan biriga yo`l olgan. Bir soatdan sal ko`proq vaqt o`tgach, u Frankfurtga uchib ketgan va o`shandan beri o`sha erda turibdi. Samolyot 23 iyunda Ashxobodga qaytish oldidan Myunxenda to`xtagan.

Prezidentning mamlakatda yo`qligi haqidagi ma`lumotni bilvosita Turkmaniston televideniesining «Vatan» kechki yangiliklar dasturi tasdiqlagan. Uning 21 iyun kungi soni Berdimuhamedovning Mari viloyati madaniyat haftaligi ishtirokchilariga yo`llagan tabrik maktubi bilan boshlangan. Davlat rahbari ishtirokida hech qanday reportaj namoyish etilmagan, bu «Vatan» uchun noodatiy holligi ta`kidlangan.

    Boshqa yangiliklar