AsosiyDunyo

Bugun tunda "sayyoralar paradi" kuzatiladi

'Bugun tunda "sayyoralar paradi" kuzatiladi'ning rasmi

Bugun, 23 iyundan 24 iyunga o`tar kechasi er yuzi aholisi “sayyoralar paradi”ni tomosha qilishlari mumkin. 

Bu erliklar uchun 18 yil ichida sayyoralar paradini kuzatish imkoniyatidir, deya yozmoqda Zamon.uz' nashri.

Ta`kidlanishicha, bir vaqtning o`zida beshta sayyora - Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter va Saturn ufqda saf tortadi. Keyingi bunday parad faqat 2040 yilda kutiladi.

Ma`lumot o`rnida, sayyoralar paradi bu noyob astronomik hodisalardan biri bo`lib, bunda 2 va undan ortiq sayyoralar bir to`g`ri chiziqda yoki bir-biriga yaqin burchak masofada joylashadi. Sayyoralar paradi ikki guruhga bo`linadi. Birinchi guruh kichik sayyoralar paradi deb ataladi va unda 5 tagacha sayyoralar qatnashadi. Kichik sayyoralar paradi bir yilda bir marta sodir bo`lishi mumkin. 

    Boshqa yangiliklar