1

O`zbek gimnastikachilari Osiyo chempionatini 17 medal bilan yakunlashdi

Sport 27.06.2022, 07:39
O`zbek gimnastikachilari Osiyo chempionatini 17 medal bilan yakunlashdi

6 ta oltin va 3 ta kumush...

Badiiy gimnastika bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi Tailandning Pattayya shahri mezbonlik qilgan qit`a birinchiligining so`nggi kunida mana shuncha medallarni qo`lga kiritdi.  

Bu haqda O`zbekiston Milliy Olimpiya Qo`mitasi xabar bermoqda.

"Bugungi kun Taxmina Ikromovaning benefisiga aylandi deyish mumkin. Sportchimiz halqa, to`p va bulava mashqlarida tengsiz, deb topildi",-deyiladi Qo`mita xabarida.

Ta`kidlanishicha, yana bir taniqli O`zbekiston vakilasi Sabina Tashkenbaevaning to`p bilan amalga oshirgan dasturi kumush medalga loyiq ko`rildi.  

Guruh mashqida 3 tasma va 2 to`p bilan o`z dasturini ijro qilgan o`zbek qizlari ham qit`a vakilalari orasida eng yuqori ko`rsatkichni qayd etishgan. O`zbekiston jamoasi hisobiga yana 2 ta oltin medalni yoshlar toifasida Evelina Atalyansning bulava, Vilana Savadyanning esa tasma bilan chiqishi keltirdi. Guruh mashqida 5 to`p bilan o`z chiqishlarini namoyish etgan qizlari esa shohsupaning ikkinchi pog`onasiga ko`tarilishgan.

Shu tariqa, terma jamoaning mazkur qit`a birinchiligida jamg`argan medallari 10 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronzani tashkil etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1