1

Bugun NATO sammitiga start beriladi

Dunyo 28.06.2022, 11:18
Teglar: NATO
Bugun NATO sammitiga start beriladi

Bugun, 28 iyun kuni Madridda NATOning uch kunlik sammitiga start beriladi. Unda yirik o`zgarishlar bo`lishi kutilmoqda, deya TASSga tayanib yozmoqda "Zamon" nashri. 

Ma`lum qilinishicha, Sammitning asosiy masalalari qatoriga alyansning 2030 yilgacha bo`lgan strategik konsepsiyasi qabul qilish, Ukraina mojarosi, Rossiya bilan muloqotdan rasman voz kechish va uni asosiy tahdid deb e`lon qilish, Evropadagi kuchlar sonini sezilarli darajada oshirish hamda Turkiyaning Shvesiya hamda Finlyandiyaning NATOga qo`shilishiga qo`ygan vetosini olib tashlash kabilar kiradi.

“TASS”ning qayd etishicha, joriy uchrashuv tom ma`noda tarixiy bo`ladi: Shimoliy Atlantika bloki 30 yil ichida ilk bor o`zining asosiy vazifasiga — Rossiyani tiyib turishga qaytadi. Uning yangi Strategik konsepsiyasida Moskva alyans xavfsizligi uchun asosiy tahdid deb e`lon qilinadi. Bundan tashqari, NATO tarixida ilk bor uning asosiy hujjatida Xitoy tilga olinib, u “tizimli chaqiriq” sifatida belgilanishi kutilmoqda.

Shuningdek, alyans kuchlari qariyb etti barobarga oshiriladi — hozirgi 40 mingdan  300 minggacha. Ukrainaga ham yirik harbiy yordam paketi tasdiqlanadi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1