“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Joze Mourino jamoani qayta shaklllantirishda davom etmoqda va kimlar klubni tark etishiga oydinlik kiritdi. Bu haqda 101greatgoals xabar bermoqda.
53 yoshli mutaxassis Xuan Mata, Bastian Shvaynshtayger, Deyli Blind va Markos Roxoga javob berib yubormoqchi. Ushbu futbolchilar uning rejalaridan joy olmagan. Maruan Fellayni esa Mourinoga ma`qul keldi va u belgiyalik futbolchini olib qolishga qaror qildi.
Eslatib o`tamiz, Joze Mourino “MYu” ustozi etib tayinlangach, Erik Bayi, Zlatan Ibragimovich va Genrix Mxitaryan “qizil iblislar” safiga kelib qo`shildi.