AsosiyJamiyat

Bugun ham O`zbekistonda 45 daraja issiq saqlanib turadi

'Bugun ham O`zbekistonda 45 daraja issiq saqlanib turadi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun 30 iyunda respublika bo`yicha harorat foni 37-42° atrofida, janubda va cho`l hududlarda 43-45° gacha bo`lgan quruq, issiq ob-havo saqlanib turadi. Ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlari kuzatilishi mumkin.  

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 39-41° gacha isiydi.

Tog`li hududlarda havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30-35o bo`ladi.

Tog`larda kutilayotgan yuqori harorat foni hisobiga Qirg`iziston hududidan Farg`ona viloyatining tog` oldi va tog`li hududlari bo`yicha glyasial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.  

Tog` oldi va tog`li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar va tog`li hududlarga boradigan haydovchilardan ehtiyot choralarini ko`rishlarini iltimos qilamiz.

    Boshqa yangiliklar