1

Qurbon hayiti qaysi kunga to`g`ri kelishi ma`lum qilindi

Jamiyat 30.06.2022, 18:10
Qurbon hayiti qaysi kunga to`g`ri kelishi ma`lum qilindi

O`zbekiston musulmonlari idorasi fatvo markazi ma`lumotiga ko`ra , hijriy 1443 yil Zulhijja oyining birinchi kuni milodiy yil hisobi bo`yicha 2022 yil 30 iyun kuniga to`g`ri keladi. 

Shu munosabat bilan Saudiya Arabistonida arafa kuni 2022 yil 8 iyulga to`g`ri keladi, haj ibodatini ado etayotgan ziyoratchilar Arafot tog`ida jam bo`lishadi.

9 iyul Qurbon hayiti sifatida rasman tasdiqlangandan so`ng, o`zbekistonliklar ish haftasi turiga qaramay ketma-ket 4 kun dam olishadi.  

 Jumladan:

9 iyul – shanba, Qurbon hayiti bayrami;

10 iyul – yakshanba, dam olish kuni;

11 iyul – dushanba, Prezident Farmoniga muvofiq barcha xodimlar uchun dam olish kuni;

12 iyul – seshanba:  

a) besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 16 iyul — shanbadan ko`chirilgan dam olish kuni;

b) olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo`shimcha dam olish kuni.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1