Bugun kunduz kuni respublika bo`yicha quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi. Qirg`iziston hududidan Farg`ona viloyati tog` oldi va tog`li hududlari bo`yicha glyasial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlari kuzatilishi mumkin. Harorat 35-40°, janubda ba`zi joylarda 43-45° gacha bo`ladi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 38-40° bo`ladi.
Tog`li hududlarda havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30-35° bo`ladi.