Prezident ta`lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga saralash imtihonlari 3-,4-,5-,6-,7- va 8 iyul kunlari bo`lib o`tadi. Bu haqda Agentlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ma`lum qilishicha, test jarayonlari 3 iyul kuni 08:00 da boshlanadi.
Imtihonlar 3 smenada - 08:00 13:00 va 18:00 da bo`lib o`tadi.
Eslatib o`tamiz, imtihonga belgilangan vaqtdan 1 yarim soat oldin kelish talab etiladi.
Imtihon joyi va boshqa zaruriy ma`lumotlarni “Shaxsiy kabinet” orqali olishni unutmang.
Talabgorlar tug`ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi va ruxsatnoma bilan kelishlari kerak.
Imtihon kuni karantin qoidalariga amal qilish talab etiladi.