Oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga kirishda bir qator imtiyozlar mavjud bo`lib, abiturientda qandaydir imtiyoz mavjud bo`lsa, bu imtiyoz my.dtm.uz saytida vazirlik va idoralardan olingan ma`lumotlar asosida avtomatik to`ldiriladi (chet tili sertifikatidan tashqari). Bu haqda DTM ma`lum qilmoqda.
Bunda imtiyozga ega abiturientlar o`ziga tegishli imtiyoz ma`lumotlarini my.dtm.uz saytining “Mening imtiyozlarim” bo`limida ko`rishi va tekshirishi mumkin.
Agar “Mening imtiyozlarim” bo`limida abiturientning imtiyozi chiqmasa, abiturient imtiyozni taqdim etgan vazirlik yoki idoraga murojaat qilishi lozim.
"Shu sababli imtiyozga ega abiturientlardan o`z imtiyozlarini tekshirishlarini va imtiyoz mavjud bo`lmasa, uni taqdim etgan vazirlik yoki idoraga murojaat qilishlarini so`raymiz" deyiladi xabarda.