O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Nukus shahriga keldi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, hozirda davlat rahbari Jo`qorg`i Kenges deputatlari, Qoraqalpog`iston faxriylari va faollari bilan uchrashuv o`tkazmoqda.
Konstitusiyaga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish muhokamasi hali davom etayotganini inobatga olib hamda Qoraqalpog`iston aholisi bildirayotgan fikr va mulohazalarni o`rgangan holda Prezidentimiz O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 70, 71, 72, 74, 75-moddalarini amaldagi tahrirda o`zgarishsiz qoldirish zarurligini ta`kidladi.