AsosiyJamiyat

Koronavirus: O`zbekistonda kasallanishlar soni yana 100ga yaqinlashdi

'Koronavirus: O`zbekistonda kasallanishlar soni yana 100ga yaqinlashdi'ning rasmi

Ayni vaqtda Sog`liqni saqlash vazirligi bergan xabarga ko`ra, 2 iyul holatiga O`zbekistonda yana 95 nafar kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 5 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
  • 4 nafari Andijon viloyatida,
  • 6 nafari Buxoro viloyatida,
  • 5 nafari Jizzax viloyatida,
  • 4 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 4 nafari Navoiy viloyatida,
  • 8 nafari Namangan viloyatida,
  • 7 nafari Samarqand viloyatida,
  • 5 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 6 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 5 nafari Farg`ona viloyatida,
  • 6 nafari Xorazm viloyatida,  
  • 5 nafari Toshkent viloyatida,
  • 25 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangani aytilmoqda.
     

Shu jumladan, kecha kun davomida:

  • Qashqadaryo viloyatida 8 nafar,
  • Navoiy viloyatida 1 nafar,
  • Namangan viloyatida 5 nafar,  
  • Sirdaryo viloyatida 4 nafar,
  • Toshkent viloyatida 3 nafar,
  • Toshkent shahrida 27 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 238191 (+48) nafarga etgan va sog`ayish ko`rsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.
     

Dilbar Abdunabieva.

    Boshqa yangiliklar