AsosiyJamiyat

"Ayrim kuchlar norozilik bahonasida tajovuzkorlik yo`lini tanlab, O`zbekistondagi vaziyatni izdan chiqarishga urinmoqda"

'"Ayrim kuchlar norozilik bahonasida tajovuzkorlik yo`lini tanlab, O`zbekistondagi vaziyatni izdan chiqarishga urinmoqda"'ning rasmi

Biroz avval Nukus shahridagi Jeketerak mahallasiga tashrif buyurib, odamlar bilan suhbatlashgan Shavkat Mirziyov ayni paytda Qoraqalpog`iston Jo`qorg`i Kengesida deputatlar, faxriy va faollar bilan uchrashuv o`tkazmoqda. 

Sherzod Asadovga ko`ra, davlat rahbari vatandoshlar va Jo`qorg`i Kenges deputatlariga murojaat qildi.

"Bugun men Vatanimizning taqdiri va kelajagiga, qutlug` zaminimizdagi tinchlik va barqarorlikka befarq bo`lmagan barcha insonlarga murojaat qilmoqchiman. Qoraqalpog`iston Respublikasida sodir etilgan tashvishli voqealarni har birimiz, barcha O`zbekiston fuqarolari yuragimizda chuqur dard va iztirob bilan qabul qilmoqdamiz",-deya hissiyotlarini bildirib o`tadi davlat rahbari.

"Ma`lumki, shu kunlarda mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon – O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish bo`yicha umumxalq muhokamasi davom etmoqda.Konstitusiyaviy islohotlar mamlakatimizni ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini mustahkamlash, “inson qadri uchun” degan ezgu g`oyani amalda qaror toptirishga qaratilgandir",deydi prezident.  

Uning ta`kidlab o`tishicha, fuqarolar o`z fikri va xohish-irodasini demokratik prinsiplar va huquqiy normalar asosida erkin bildirish bo`yicha yaratilgan shart-sharoitlarga qaramasdan, ayrim g`arazli kuchlar konstitusiyaviy islohotlarga norozilik bahonasida tajovuzkorlik va zo`ravonlik yo`lini tanlab, O`zbekistondagi vaziyatni beqaror etish va izdan chiqarishga urinmoqda.  

"Soxta axborotlarni tarqatishning sinalgan texnologiyalaridan, ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatidan foydalangan holda, buzg`unchi kuchlar aniq maqsadni ko`zlab, fuqarolarni Konstitusiyaga xilof faoliyatga jalb etmoqda. Ularning asosiy maqsadi jamiyatni parokanda qilish, davlatimiz tomonidan olib borilayotgan bunyodkorlik siyosatiga bo`lgan ishonchni susaytirish, O`zbekistonning hududiy yaxlitligiga putur etkazishdan iborat",-deydi O`zbekiston etakchisi.

Eslatib o`tamiz, davlat rahbarining kechagi murojaatidan keyin vaziyat barqarorlashgan, hayot o`z maromiga qaytmoqda. Biroq axborot xurujidan himoyalanish ayni vaqtda eng samarali usul.

Dilbar Abdunabieva.

    Boshqa yangiliklar