AsosiyShou-biznes

Lisenziyasi tugatilgan Sarvar va Komil “O`zbeknavo”ga e`tiroz bildirdi

Kuni kecha “O`zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan “Faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalash to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qaroriga asosan   2016 yil 19 iyuldan Sarvar va Komil hamda Sitora Farmonovalarning lisenziyalari tugatilganligi haqida xabar bergandik.

Ushbu rasmiy xabar yuzasidan Sayyod.com nashri “Benom” guruhi yigitlari va “O`zbeknavo” rasmiylari bilan bog`lanib javob oldi.

– Bu xaqida mana sizdan xozir bildik. Hayratdamiz!  Chetga chiqish bilan bog`liq  ishlar so`nggi payt judayam murakkablashgandek lekin biz xamisha chetga chiqayotganda rasman “O`zbeknavo”ga aytganmiz va yozib berganmiz. Qozog`istonda konsert uyushtirish masalasida “O`zbeknavo”ga murojaat qilinganida, chetga chiqishni tartibga soladigan  mas`ul xodim Azamat  Nurmatov  ushbu konsertni tashkilotchilari rasmiy xat bilan murojaat qilishlarini so`radi. Tashkilotchilar yuridik shaxs bo`lmaganini tushuntirsak xam ko`nishmadi. Keyin tashkilotchilar firma orqali chiqib rasmiy xat va undagi muxri bilan murojaat qilishganida esa “O`zbeknavo” rad javobini berdi. Biz oldindan konsert gonorarini olganimiz uchun konsertni bekor qila olmadik va borishga majbur bo`ldik.  Moskvadan tashkilotchilar konsert bo`yicha murojaat qilganida esa Azamat Nurmatov yanada qiyin shart qo`ydi, ya`ni elchixonadan ruxsat olish kerak deb.   

“Benom” guruxi ma`muri Bahrul:

– Xullas elchixonamizga Moskvadan  tashkilotchilar murojaat qilganida elchixonadagilar bunday tartibdan xabarimiz yo`q deyishgan. Keyin Qozog`iston bilan bog`liq xujjatlarda qanday talablar qo`yilgan bo`lsa shularni amalga oshirishni boshladik. Azamat Nurmatov murojaatni firmaning maxsus blankasidagi turini  talab qildi,  uni xam berilganida konsert zali manzili, qaysi tumanda joylashgani va avval u erda kimlar konsert bergani xaqidagi ma`lumotlarni yozib Rossiyadagi elchixonamizga taqdim etishni so`radi. Mana shu xammasini elchixonaga taqdim etilganida esa elchixona xodimlari “Biz konsert tashkilotchilari emasmiz, biz elchixonamiz” deyishdi.

“O`zbeknavo” konsertga kimlar kirishi, kimlar uchun tashkil qilinishi hamda firma emas davlat  tashkiloti konsertni tashkillashtirishi kerak deyishdi. Xususiy firmani konsert tashkillashtirishga ruxsat yo`q ekan va Rossiya madaniyat vazirligi tashkillashtirishi kerak ekan. Biz  hayratdamiz, Rossiya madaniyat vazirligiga bu qiziq emasku. “O`zbeknavo”ni talab qilingan hujjatlar ro`yxatiga  konsert  zalini planirovkasigacha kiritildi... kadastr.. Ohir oqibat konsert kuniga ozgina qolganida konsertni bekor qilishga majbur bo`ldik. Chiptalarni pulini qaytarish va shu baxona aylanib kelish uchun  Moskvaga bordik. U erda Sarvarni yaqin do`sti tungi klub ochgani munosabati bilan uni ochilishiga taklif etdi va biz u erda 3-4ta ashula bilan xizmatda bo`ldik. Chet elga chiqayotgan boshqa xamma san`atkorlarni konsertlarini o`sha erdagi madaniyat vazirliklari tashkillashtirayotganmikin qiziq...  

YaNA BIR E`TIROZ

Komil: -Sarvar va Komil “Benom” guruhidagi ikki xonanda har bir xizmatdan ikkisiga bir gonorar olsayu, lekin lisenziyaga ikki kishi alohida pul to`lab olsa  biz qanday qilib tashkilotchilarga har ikkisiga aloxida pul to`langlar deya olamiz? Bunaqada yakkaxon xonandalar qulay bo`lib bora-bora guruxlar yo`qolib ketadiku. Guruhlar uchun qandaydir bir engilik va chegirmalar bo`lishi kerak nazarimda. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar