1

Ko`krak qismidan o`q egan, bosh miyasi ochiq jarohatlangan, oyog`i singan... Nukusdagi namoyishlar chog`ida jarohatlangan xizmatdagi xodimlar ahvoli haqida ma`lumot berildi

Jamiyat 04.07.2022, 14:11
Ko`krak qismidan o`q egan, bosh miyasi ochiq jarohatlangan, oyog`i singan... Nukusdagi namoyishlar chog`ida jarohatlangan xizmatdagi xodimlar ahvoli haqida ma`lumot berildi

AOKAda o`tkazilgan brifingda O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi axborot xizmati rahbari Davron Jumanazarov Nukusdagi namoiyshlar yuzasidan ma`lumot taqdim etdi. 

Ma`lum qilinishicha, 1-2 iyul kunlari ommaviy tartibsizliklar natijasida 243 nafar fuqaro turli jarohatlar bilan shifoxonalarga murojaat qilgan, ularning 149 nafariga birinchi tibbiy yordam ko`rsatilib, muolajalarni uyida davom ettirishga ruxsat berilgan. Hozirda kasalxonalarda jami 94 nafar bemor davolanmoqda va og`ir ahvolda bo`lganlari bor, shu jumladan jarohatlanganlar orasida huquq-tartibot idoralari xodimlari ham bor. Masalan, Milliy gvardiya Qoraqolpog`iston Respublikasi bo`yicha Qo`riqlash boshqarmasi safdori ko`krak kismidan o`q otar jarohat olgan, shu boshqarma yana bir safdori chap oyoq boldiri suyagi yopiq sinishi, 1 nafari Jizzax Milliy gvardiya boshqarmasi harbiy xizmatchisi bosh miya ochiq jarohati hamda Toshkent shahri Milliy gvardiya boshqarmasi serjanti bosh miya ochiq jarohati bilan davolanishyapti.

Eslatib o`tamiz, Qoraqalpog`istondagi tartibsizliklarda qatnashganlikda gumonlanib, 516 kishi qo`lga olindi, namoyishlar chog`ida 245 nafar shaxs, jumladan 38 nafar organ xodimi jarohatlandi, shuningdek, 18 nafar fuqaro vafot etgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1