AsosiyJamiyat

O`zbekiston Qirg`iziston bilan temir yo`l sohasi bo`yicha bayonnoma imzoladi

'O`zbekiston Qirg`iziston bilan temir yo`l sohasi bo`yicha bayonnoma imzoladi'ning rasmi

Ikki mamlakat vakillari o`rtasida bo`lib o`tgan muzokarada multimodal transport yo`laklari bo`ylab konteynerli yuk tashishni tashkil etish, tranzit tashishda yuk hajmini ko`paytirish imkoniyatlari va boshqa bir qator masalalar muhokama qilindi. 

Bu haqda "Toshkent MTU" ma`lumot taqdim etdi.

Ma`lum qilinishicha, Cho`lpon-Ota shahrida “O`zbekiston temir yo`llari” AJ boshqaruvi raisi o`rinbosari A.Kamolov va “Qirg`iziston temir yo`li” MK” davlat korxonasi bosh direktori o`rinbosari D.Usubaqunov o`rtasida ikki tomonlama muzokaralar bo`lib o`tdi. 

Unda tomonlar yuklarni tashish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, temir yo`l orqali olib o`tiladigan mahsulotlar to`g`risida oldindan ma`lumotlar bilan almashishga kelishib olishgan.  

"Shuningdek, temir yo`l infratuzilmasini loyihalash va qurish sohasida tajriba almashishni tashkil etish masalalari ham muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida tegishli bayonnoma imzolandi",-deyiladi rasmiy ma`lumotda.

Dilbar Abdunabieva.

    Boshqa yangiliklar