AsosiyJinoyat

Yashnobodda kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalarini saqlayotgan dorixona aniqlandi

'Yashnobodda kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalarini saqlayotgan dorixona aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan  tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, “O.G.” MChJga qarashli dorixonada MChJ rahbari R.J. 84 dona “Regapen” nomli kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalarini o`tkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta`sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar