1

Fuqarolarni texnikum va kollejga o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan firibgarlar qo`lga olindi

Jinoyat 05.07.2022, 16:03
Fuqarolarni texnikum va kollejga o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan firibgarlar qo`lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Izboskan tumani bo`limlari tomonidan  tezkor tadbir o`tkazildi

Unda, fuqaro N.Sh. 4 nafar fuqaroni tanishlari yordamida Andijon shahridagi “Abu Ali ibn Sino” nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga o`qishga kiritib qo`yish evaziga jami 2 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Vobkent tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro U.A. boshqa bir fuqaro U.ning ishonchiga kirib, Buxoro shahridagi Tibbiyot texnikumiga o`qishga kiritib qo`yish evaziga 1 500 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlangan.

Departamentning Pastdarg`om tuman bo`limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, Pastdarg`om pedagogika kollejida bo`lim boshlig`i lavozimda ishlovchi A.U. fuqaro F.ga o`zini ushbu kollej direktori o`rinbosari deb tanishtirib, uning singlisini kollejning sirtqi bo`limiga o`qishga kiritib qo`yish evaziga 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1