AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ishga muhtojlar soni 1,4 mln kishini tashkil etadi

'O`zbekistonda ishga muhtojlar soni 1,4 mln kishini tashkil etadi'ning rasmi

AOKAda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi mutasaddilari ishtirokida "O`zbekistonda xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migrasiyasi borasida olib borilayotgan islohotlar" mavzusida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.  

Unda ta`kidlanishicha, O`zbekiston Respublikasi Statistika qo`mitasining hisoboti bo`yicha 2022 yil 1 aprel holatiga doimiy aholi soni 35,3 mln kishini, shundan erkaklar 17,8 mln (50,3 foiz) kishini, xotin-qizlar 17,5 mln (49,7 foiz) kishini tashkil qilmoqda.

Mehnat bozori tadqiqotlari institutining ijtimoiy so`rov natijalariga ko`ra, mehnat resurslari soni o`rtacha 19,5 mln, iqtisodiyot tarmoqlarida band bo`lganlar 13,7 mln, rasmiy sektorda band aholi 6,2 mln hamda norasmiy sektorda band bo`lganlar 5,7 mln. kishiga to`g`ri keladi.

Ishga muhtoj bo`lganlar 1,4 mln kishini, ishsizlik darajasi o`rtacha 9,2 foizni (o`tgan hisobot davriga (10,2%) nisbatan 1,0% ga pasaygan) tashkil etgan.

 

    Boshqa yangiliklar