Turkmaniston TIV oxirgi kunlarda O`zbekiston Respublikasining Qoraqalpog`iston Respublikasida sodir bo`lgan voqealar haqidagi ma`lumotlardan xavotir bildirdi. Vazirlik rasmiy saytida bu bo`yicha xabar chop etildi.
Unda aytilishicha, Turkmaniston tomoni O`zbekiston rahbariyatining mamlakatda konstitusiyaviy tuzum va huquq-tartibotni, xalq xavfsizligi va tinchligini himoya qilish bo`yicha o`z vaqtida amalga oshirilgan qat`iy harakatlarni Turkmaniston qo`llab-quvvatlaydi.
"Ishonchimiz komilki, ko`p asrlik donishmandlik, tajriba uzoqni ko`zlagan holda yuzaga kelgan qiyinchiliklarni engib o`tishga, O`zbekiston Respublikasining izchil va barqaror rivojlanishini, davlat va jamoat institutlari barqarorligini ta`minlashga xizmat qiladi",-deyiladi ma`lumotda.
Qayd etilishicha, Turkmaniston O`zbekistonning yaqin qo`shnisi sifatida unga zaruriy yordam ko`rsatishga tayyor.