AsosiyDunyo

AQSh va Xitoy global iqtisodiy vaziyat bo`yicha fikr almashdi

'AQSh va Xitoy global iqtisodiy vaziyat bo`yicha fikr almashdi'ning rasmi

Xitoy davlat kengashi a`zosi Lyu-Xe va AQSh moliya vaziri Janet Yellen makroiqtisodiy vaziyat va global ishlab chiqarish zanjirlari yuzasidan fikr almashdi. Bu haqda Xitoy savdo vazirligi ma`lumot berdi, deya yozmoqda Zamon.uz'.

Ma`lumotga ko`ra, tomonlar bugun videoaloqa orqali muzokara o`tkazgan. Vazirlikka ko`ra, muloqot konstruktiv ruhda o`tgan.

Har ikki davlat vakillari global iqtisodiyot jiddiy chaqiriqlarga duch kelayotganini, makrosiyosiy kommunikasiya va koordinasiyani kuchaytirish zarurligini ta`kidlagan. Vashington va Pekin birgalikda global ishlab chiqarish va etkazib berish zanjirlaridagi barqarorlikni qo`llab-quvvatlashi zarurligi qayd etilgan.

"Xitoy o`z navbatida AQSh tomonidan o`ziga nisbatan joriy etilgan yuqori boj va tariflar yuzasidan xavotir bildirgan",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar