1

"Inspeksiya o`z faoliyatini ko`proq jarima qo`llashdan iborat deb hisoblaydi"

Siyosat 06.07.2022, 19:04
"Inspeksiya o`z faoliyatini ko`proq jarima qo`llashdan iborat deb hisoblaydi"

Xabaringiz bor, ayni paytda O`zbekiston rahbari raisligida arxitektura, qurilish va shaharsozlik sohasidagi ustuvor vazifalarga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tmoqda.

Shavkat Mirziyoev unda qurilish va arxitektura nazorati tizimini qayta ko`rib chiqish kerakligini bildirdi.

“Ochiq aytish kerak, Qurilish inspeksiyasi tizimidagi 700 dan ziyod xodimlar samarali ishlamayapti. Inspeksiya o`z faoliyatini ko`proq jarima qo`llashdan iborat, deb hisoblaydi. Vaholanki, qurilishdagi kamchiliklarning 70 foizi bir-birini takrorlaydi va ularni bemalol oldini olish mumkin",-deydi u.

Ta`kidlanganidek, inspeksiya joriy yilda qurilayotgan 31 mingta ob`ektni to`liq kunlik nazorat qilish imkoniyatiga ega emas. Sababi, barcha nazorat ishlari “qo`lda” olib boriladi. Xavfni oldindan tahlil qiladigan tizim esa hamon joriy etilmagan.

Shu bois, Inspeksiya faoliyati qayta ko`rib chiqilib, uning ishi, avvalo, qurilishdagi tizimli kamchiliklar va ularning sabablarini tahlil qilish, bartaraf etishga qaratiladi.

 Bundan buyon:

Qurilish vazirligi, viloyat, tuman va shaharlar bosh arxitektorlari “genplanlar” va master rejalar ustidan;

—Inspeksiya qurilish sifati, muddati va loyiha bilan amaldagi ishning mosligini nazorat qilishga mas`ul bo`ladi. 

Yil yakuniga qadar qurilish ob`ektlarini ro`yxatga olishdan boshlab, foydalanishga qabul qilishgacha bo`lgan barcha jarayonlarni raqamlashtirish topshirildi. Ushbu tizim orqali, har bir nazoratchi ob`ektni kim qurayapti, qanday material ishlatayapti, texnik nazoratni kim olib borayapti, ularning malakasi qanaqa, degan savollarga javob topa olishi kerak.

Ushbu ma`lumotlar asosida qurilayotgan ob`ektlar “xavf guruhlari”ga ajratilib, nazorat yo`lga qo`yiladi. Buning uchun Inspeksiya ma`lumotlar bazasi standart, soliq va bojxona organlari bazalariga integrasiya qilinadi.

“Qat`iy ogohlantiraman. Noqonuniy qurilish aniqlansa, viloyat, tuman va shahar hokimining qurilish bo`yicha o`rinbosarlari Inspeksiya bilan birga tengma-teng javob beradi”, deydi Prezident.

Dilbar Abdunabieva.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1