AsosiyDunyo

Qozog`iston osmonida noma`lum uchar jism qayd etildi

'Qozog`iston osmonida noma`lum uchar jism qayd etildi'ning rasmi

Qozog`istonning Shimkent shahrida 2 iyul kuni fuqaro noma`lum uchar jismni videoga oldi. Bu haqda "Tengrinews" xabar berdi.

Avvaliga guvohlar ob`ektni samolyot deb o`ylagan. Biroq osmonda qayd etilgan jismning harakat traektoriyasi samolyot xususiyatiga to`g`ri kelmagan. Uchar jism quyoshda yorqin porlab, tartibsiz harakatlana boshlagan.

Keyin u sekinlashib, parvoz balandligini pasaytirgan. Shundan so`ng, yana balandga ko`tarilib, ko`zdan g`oyib bo`lgan. Videodagi izohlarda ayrimlar bu kvadrokopter ekanini tahmin qilgan. Boshqalar esa bu noma`lum uchar jism emas, oddiy paket deb hazil qilgan.

    Boshqa yangiliklar