AsosiySport

II MDH davlatlari sport o`yinlarining sanasi e`lon qilindi

'II MDH davlatlari sport o`yinlarining sanasi e`lon qilindi'ning rasmi

Belarus davlatining sport va turizm vaziri Sergey Kovalchuk 2023 yili o`tadigan II MDH davlatlari o`yinlari mamlakatning to`qqizta shahrida o`tishi borasida jurnalistlarga intervyu berdi. Uning so`zlariga ko`ra, II MDH davlatlari o`yinlari 2023-yil 3-15-avgust kunlari bo`lib o`tishi tasdiqlandi. Bu haqda O`zbekiston Sportni rivojlantirish vazirligi ma`lum qildi. 

O`yinlar dasturiga binoan Minskda sportning voleybol, badiiy gimnastika, engil atletika, sohil futboli, sohil voleyboli, zamonaviy beshkurash va o`q otish bahslari, Grodno shahrida 3x3 basketbol va og`ir atletika musobaqalari, Soligorskda erkin, yunon-rum va ayollar kurashi, Brest shahrida qo`l to`pi, Orsha shahrida basketbol va tay-boks, Borisov shaharchasida mini-futbol, Mogilevda suzish hamda kamondan otish, Jlobinda dzyudo va sambo bellashuvlari o`tkazilishi belgilangan. Bu haqda Belarus axborot vositalari xabar tarqatdi.

Eslatib o`tamiz, MDH davlatlarining birinchi o`yinlari o`tgan yilning sentyabrida Tatariston poytaxti Qozonda bo`lib o`tgandi. Mazkur musobaqalarda O`zbekiston sport delegasiyasi 23 ta oltin, 32 ta kumush, 35 ta bronza, jami 90 medallar shodasi bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o`rinni egallagan.

    Boshqa yangiliklar