Yaponiya sobiq bosh vaziri Sindzo Abega hujum uyushtirildi. Bu haqda rasmiy manbalarga tayanib, Zamon.uz internet nashri xabar bermoqda.
Yaponiya telekanali sobiq bosh vazir Sindzo Abega o`q uzilgani aks etgan lavhalarni namoyish qildi.
Hodisa Nara shahridagi saylovoldi chiqishlarida ro`y bergan. Ma`lumotlarga ko`ra, unga qarshi ikki marta o`q uzilgan. Polisiya buni miltiqda amalga oshirishgan degan fikrda.
Abe ko`p qon yo`qotgani aytilmoqda. Kyodo agentligi taxminlariga ko`ra, siyosatchining yuragi urmayapti va o`pkasi ishlamayapti.






