Rossiyaning Leningrad viloyati Vsevolojsk tumanida 6 iyul kuni 47 yoshli o`zbekistonlik erkak 6 yoshli qizga jinsiy tajovuz qildi. Bu haqda "47news" xabar berdi.
Holat yuzasidan navbatchi bo`linmaga noma`lum shaxs 6 yoshli qizni chekka hududga olib o`tib, unga nomaqbul harakatlar qilgani haqida ma`lumot berilgan. Polisiya xodimlari vaziyat yuzasidan tumanda yashovchi o`zbekistonlk 47 yoshli erkakni qo`lga olib, kamerga joylashtirgan.
Aniqlanishicha, erkak Rossiyaga uch yil avval ishlash uchun kelgan, biroq ayni damda u rasman ishsiz va migrasiya organlarida ro`yxatdan o`tmagan.
Holat yuzasidan Leningrad viloyati Tergov qo`mitasi tuman bo`limi "o`n to`rt yoshga to`lmagan shaxsga nisbatan jinsiy xarakterdagi zo`ravonlik harakatlari" tarkibi bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atgan. Erkak 12 yildan 20 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.






