AsosiyJamiyat

"Aholi tomonidan ko`tarilayotgan muammo va masalaning katta va kichigi bo`lmaydi..." Tanzila Narbaeva Qoraqalpog`istondagi voqealarga munosabat bildirdi

'"Aholi tomonidan ko`tarilayotgan muammo va masalaning katta va kichigi bo`lmaydi..." Tanzila Narbaeva Qoraqalpog`istondagi voqealarga munosabat bildirdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma sakkizinchi yalpi majlisi o`z ishini boshladi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Yalpi majlis avvalida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva Qoraqalpog`istondagi holatlarga munosabat berdi:

"Qoraqalpog`istonda ayrim nohush xodisalar sodir bo`lganidan ham barchangizning xabaringiz bor. Ayrim kuchlarning qanchalik xarakat qilishiga qaramasdan bo`lib o`tgan bu hodisalar hech qachon xalqimizning birdamligiga rahna sola olmasligiga guvohi bo`ldik.  

Shu bilan birga sodir bo`lgan bu holatda hammamiz o`zimizga to`g`ri xulosa chiqarishimiz va o`z ishimizni qayta ko`rib chiqishimiz lozim bo`ladi. Kuni kecha Prezidentimiz huzurida bo`lib o`tgan yig`ilishda Davlatimiz rahbari ham bu masalaga alohida e`tibor qaratdi.

Avvalo bu voqealar barcha masalalar xalq bilan hamnafas tarzda va o`z vaqtida echilishiga barcha davlat organlari va idoralarining kuchi va resurlarini jalb qilish zarurligini ko`rsatmoqda.  

Shuningdek, aholi tomonidan ko`tarilayotgan muammo va masalaning katta va kichigi bo`lmaydi. Ularning har birini echimi muhimdir.  

Har qanday kichik deb qaralgan masala o`z echimini topmagan taqdirda, albatta bir kuni katta muammoga aylanadi. Xalq vakillari sifatida bunday holatga yo`l qo`yilmasligi uchun birinchi navbatda biz mas`ulmiz! Muxtasar qilib aytganda, o`z ishimizni tanqidiy qayta ko`rib chiqishimiz lozim bo`ladi.

Fursatdan foydalanib, Qoraqalpog`istondagi voqealarda qurbon bo`lgan hamyurtlarimizning oila a`zolari va yaqinlariga o`zim hamda senatorlarimiz nomidan hamdardlik bildiraman va sabr tilayman, shifoxonalarda davolanayotgan fuqarorlarimizga esa tezroq sog`ayib ketishlarini tilaymiz. Yurtimiz doim tinch va osoyishta, xalqimiz farovon bo`lsin", -  dedi Narbaeva. 

    Boshqa yangiliklar