1

O`zbekistonda bayram va dam olish kunlari harorat iqlimiy me`yorlardan past bo`ladi — "O`zgidromet"

Jamiyat 08.07.2022, 11:54
Teglar: ob-havo
O`zbekistonda bayram va dam olish kunlari harorat iqlimiy me`yorlardan past bo`ladi — "O`zgidromet"

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati bayram va dam olish kunlarida kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.  

Unga ko`ra, bugun O`zbekiston bo`yicha havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kunduzi 30-35° ni tashkil etadi, bu iqlimiy qiymatlardan biroz pastdir.

Qurbon hayitini nishonlash kunlarida mamlakatimizning barcha hududlari bo`yicha kam bulutli ob-havo kuzatiladi, ushub davrda yog`ingarchilik kutilmaydi. Respublikaning ayrim joylarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat foni qulay bo`lib, kechasi 17-22°, kunduzi 9 iyulda 30-35°, 10-12 iyulda 32-37° atrofida bo`lishi kutilmoqda.

9-10 iyul kunlari Farg`ona viloyatining ayrim tog`li hududlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.

 

Sharhlar

O`zbekistonda harorat 43 darajaga ko`tariladi

12.07.2022, 19:52

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati 13-16 iyul kunlari uchun kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra:QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTIHavo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi....
Bu hafta issiq chekinadimi? "O`zgidromet" haftalik ob-havoni e`lon qildi

04.07.2022, 11:55

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati joriy haftada kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Ma`lum qilinishicha, bugun O`zbekiston bo`yicha havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Faqat...
Bugun O`zbekistonda harorat 42 darajaga ko`tariladi

24.06.2022, 08:38

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmtai xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Tog` oldi va tog`li hududlarda...
Bugun O`zbekistonning ba`zi joylarida yomg`ir va qor yog`adi

22.01.2022, 08:43

"O`zgidromet" xabariga ko`ra, 22 yanvarda kunduz kuni respublika bo`yicha ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Buhoro, Navoiy viloyatlarida  kunning birinchi yarmida ba`zi joylarda...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1