AsosiyDunyo

Dunyo mamlakatlarining to`rtdan uch qismida emlash jarayoni sust ketmoqda — JSST

'Dunyo mamlakatlarining to`rtdan uch qismida emlash jarayoni sust ketmoqda — JSST'ning rasmi

Sal avval, so`nggi ikki hafta ichida dunyo bo`yicha koronavirus bilan kasallanish holatlari 30 foizga oshgani haqida xabar berilgan edi.

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus bu holatga baho berar ekan, COVID-19ga qarshi emlash jarayonlari qator mamlakatlarda ancha sust davom etayotganini tanqid ostiga oldi, deya xabar qilmoqda SSV matbuot xizmati.  

Vaholanki, JSST tomonidan joriy yil ikkinchi yarmiga qadar har bir davlat aholisining kamida 70 foizi koronavirusga qarshi vaksinalar olishiga erishish maqsad qilingandi.  

Bu borada belgilangan marraga shu kungacha faqat 58 davlat erishgan, xolos. Qolaversa, dunyo bo`yicha tibbiyot xodimlari va 60 yoshdan oshgan odamlarning 75 foizi emlangani ham ijobiy ko`rsatkich.  

Ammo hali  yuz millionlab kishilar, jumladan, kam daromadli mamlakatlar aholisining juda katta qismi vaksinalr bilan qamrab olinmagan. Tahlillarga ko`ra, bu kabi davlatlarda o`rtacha emlash darajasi atigi 13 foizni tashkil qilyapti.  

Bu esa pandemiyaning yangi to`lqinlari, avvalo, ana shu qatlam salomatligiga zarba berishi va xuddi shu mamlakatlar iqtisodiyotiga putur etkazishi mumkinligini anglatadi.  

 

    Boshqa yangiliklar