O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Qoraqalpog`iston Respublikasi hududida 2022-yil 3-iyuldan 2-avgustga qadar favqulodda holat joriy etildi.
Tashqi ishlar vazirligining ma`lum qilishicha, shu munosabat bilan, O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasidagi "Daut-ota" - "Tajen" (avtomobil) o`tish punktida fuqarolar va engil transport vositalarining qatnovi vaqtincha to`xtatilgan. Shu bilan birga, ushbu punkt nuqtasi orqali yirik yuk tashuvchi avtomobillarning o`tishiga ruxsat beriladi.
Bundan tashqari, "Nukus-Beyneu-Nukus"yo`nalishi bo`yicha temir yo`l aloqasi ham to`xtatildi.
O`zbekiston fuqarolari va chet el fuqarolari O`zbekistonga O`zbekiston-Qozog`iston davlat chegarasidagi "Daut-ota" dan tashqari o`tish punktlari orqali kelishlari mumkin.
Shuningdek, "Aqtau-Nukus", "Aqtau-Urganch", "Olmaota-Toshkent", "Olmaota-Samarqand" va "Nur-Sulton - Toshkent" yo`nalishlaridagi havo qatnovi ham faoliyat ko`rsatmoqda.
O`zbekiston fuqarolari va chet el fuqarolari maslahat uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilishlari mumkin:
O`zbekistonning Qozog`istondagi Elchixonasi (Nur-Sulton shahri) – 8 (717) 295-45-87;
O`zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi– 8 (727) 390-26-16, 8 (727) 299-20-70;
O`zbekistonning Oqtau shahridagi Bosh konsulxonasi – 8 (729) 277-71-17.






