1

Toshketda “Vatan yagonadir” badiiy kechasi tashkil etildi

Madaniyat 09.07.2022, 09:46
Toshketda “Vatan yagonadir” badiiy kechasi tashkil etildi

Poytaxtdagi Kinochilar uyida Kinematografiya agentligi va Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi hamkorligida "Vatan yagonadir" badiiy kechasi tashkil etildi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar qildi.

Tadbirni Agentlik bosh direktori birinchi o`rinbosari Shuhrat Rizaev ochib berdi va vatanparvarlik mavzusidagi filmlar haqida to`xtalib o`tdi. Shuningdek, bir qator mehmonlar so`zga chiqib, o`zbek kinosidagi ijobiy o`zgarishlar, ayniqsa harbiy mavzudagi film hamda seriallarga bo`lgan e`tibor  kuchayganini e`tirof etishdi.

Tadbir davomida Ichki ishlar vazirligi ashula va raqs ansambli ijrosida kuy-qo`shiqlar ijro etildi.

So`ngra tomoshabinlar uchun rejissyor Hilol Nasimov tomonidan suratga olingan “Vatan ostonasi” badiiy filmi namoyish etildi.

Mazkur kinokartinada chegarachilar hayoti va faoliyati haqida hikoya qilinadi. Shuningdek, film voqealari zamirida bag`rikenglik, tinchlik, qo`shni davlatlar bilan do`stona munosabat kabi mavzular o`rin olgan.


 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1