Bosh vazir esa allaqachon iste`foga chiqqanini ma`lum qildi. Uning ta`kidlashicha, mamlakat zamonaviy tarixdagi eng yomon inqirozga yuz tutmoqda. Vaziyatni qachon va qanday nazoratga olinadi? Zamon.uz' ayni damda mamlakatda kuzatilayotgan eng so`nggi hodisalardan boxabar qildi.
Unga asosan, Ranil Vikramasingxe shanba kuni mamlakat poytaxti Kolombodagi ommaviy norozilik namoyishlari fonida o`z lavozimini tark etishini tasdiqladi.
“Hukumat ishini davom ettirish, shuningdek, fuqarolar xavfsizligini ta`minlash uchun men partiya etakchilarining eng yaxshi tavsiyasini qabul qilaman — butun partiyaviy hukumatga yo`l berish. Bunga yordam berish uchun men bosh vazirlikdan iste`foga chiqaman”, deb yozdi u tvitterda.
Vazir o`z qarorini parlamenti spikeri Mahinda Yapa Abeyvardena raisligida o`tgan siyosiy partiyalar etakchilari yig`ilishidan so`ng e`lon qilgan. Tadbir ishtirokchilaridan biri, orol-shtat parlamenti a`zosi Xarsha de Silvaga ko`ra, Shri-Lanka siyosiy partiyalari vakillarining aksariyati amaldagi prezident Gotabaya Rajapaksa va Bosh vazir Ranil Vikramasingxe fikriga qo`shilganini aytgan.
"Bosh vazir iste`foga chiqqanda parlament spikeri 30 kundan ortiq bo`lmagan muddatga muvaqqat prezident bo`ladi. Shri-Lanka parlamenti qolgan muddatga prezidentni saylaydi", — deya qo`shimcha qilgan u.
Shuningdek, yig`ilishda muvaqqat butun partiyaviy hukumatni tayinlash va yaqin vaqt ichida saylovlar o`tkazishga qaror qilingan.
Shanba kuni minglab namoyishchilar Kolombo ko`chalariga chiqib, prezident Gotabaya Rajapaksa iste`fosini talab qilgan. Ular davlat rahbari qarorgohiga, keyin esa bosh vazirning qarorgohiga bostirib kirishgan. Tartibbuzarliklar oqibatida 30 dan ortiq kishi jarohatlangan.
Vikramasingxening ta`kidlashicha, ayni damda hududda zamonaviy tarixdagi eng yomon inqiroz kuzatilmoqda. Shri-Lankada xorijiy valyuta, yoqilg`i va neft mahsulotlari, o`g`itlar, aholining ayrim guruhlari uchun oziq-ovqat, dori-darmonlar jiddiy tanqisligi kuzatilmoqda. Uning hisob-kitoblariga ko`ra, iqtisodiy inqirozdan to`liq chiqish uchun uch yil yoki undan ko`proq vaqt kerak bo`ladi. Ammo rasmiylar 2023 yilgacha normal holatga qaytishni rejalashtirmoqda.
Dilbar Abdunabieva.






