AsosiyDunyo

Yaponiya sobiq bosh vaziri kim tomonidan va nega o`ldirilgani ma`lum bo`ldi

'Yaponiya sobiq bosh vaziri kim tomonidan va nega o`ldirilgani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Bir muddat avval Yaponiya sobiq bosh vaziri saylov kampaniyasida nutq so`zlayotgan paytida otib ketilgani va buning videosini e`lon qilgan edik.

Ma`lum bo`lishicha, sobiq vazirni otgan shaxs Abening siyosatidan norozi bo`lgan. U tergov vaqti polisiyaga onasi diniy guruhga katta miqdorda xayriya qilganini va u guruhni yapon rahbari bilan bog`liq deb hisoblashini, shu bois nafratda ekanini bildirgan. Xabarlarga asosan, o`z vaqtida yirik xayriya qilgan gumonlanuvchi onasining moliyaviy keyinchalik ahvoli og`irlashgan. Sobiq bosh vazirni otgan erkakda aynan shundan alamzadalik paydo bo`lgan bo`lishi mumkin.

"Mening oilam bu dinga qo`shildi va tashkilotga pul xayriya qilganimizdan keyin hayotimiz qiyinlashdi", deydi ishsiz Tetsuya Yamagami polisiyaga bergan bayonotida

"Men tashkilotning yuqori lavozimli amaldorini nishonga olmoqchi edim, ammo bu qiyin edi. Shunday qilib, men Abeni (tashkilotga) bog`langaniga ishonganim uchun nishonga oldim. Men uni o`ldirmoqchi edim"-deydi u.

Nara prefekturasi polisiyasi rahbari matbuot anjumanida hujumning oldini olmagani uchun uzr so`ragan va mamlakat xavfsizligi bo`yicha muammolar borligini inkor etib bo`lmasligini bildirgan.

Diniy guruh rasmiylaridan birining aytishicha, uning onasi uzoq vaqt dindor bo`lgan, lekin uning moliyaviy ahvolidan xabarlari bo`lmagan.

Eslatib o`tamiz, Abe ko`p qon yo`qotishdan vafot etgan, uning chap qo`li va bo`ynining yuqori qismida ikkita o`q jarohatining borligini aniqlangan.

Videoda Nara prefekturasi politsiyasi tergovchilari 8 iyul kunii gumonlanuvchi Tetsuya Yamagami uyida tintuv o`tkazayotgani aks etgan.

Dilbar Abdunabieva.

    Boshqa yangiliklar