AsosiyDunyo

Shri Lanka hukumati quladi

'Shri Lanka hukumati quladi'ning rasmi

Shri Lankaning bir guruh vazirlari mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy inqiroz sharoitida o`z lavozimlarini tark etish qarorini e`lon qildi, deya xabar bermoqda Zamon.uz sayti Interfaxga tayanib.

Qishloq xo`jaligi vaziri Mahinda Amarashira mamlakatga o`g`it etkazib berilishi bilanoq o`z lavozimini tark etishini aytdi. Mehnat va turizm vazirlari Manusha Nanayakkara va Xarin Fernando, shuningdek, investisiya vaziri Dhamikka Perera va transport vaziri Bandula Gunavardana o`z lavozimlarini tark etishmoqda.

Namoyishchilar prezident qarorgohini egallab olganida keyin Shri Lanka bosh vazirining uyiga o`t qo`yilgan. 

Eslatib o`tamiz, Shri Lanka Prezidenti Gotabaya Rajapaksa 13 iyul kuni iste`foga chiqishini ma`lum qildi. Bosh vazir Ranil Vikramasinge ham o`z lavozimini tark etishga tayyorligini e`lon qilgan. Mamlakatni vaqtincha parlament spikeri boshqaradi.

 

    Boshqa yangiliklar