IIV Axborot xizmatining xabariga ko`ra, 2022 yil 8 iyul kuni Toshkent shahar, Yangihayot tumanida joylashgan «Yangihayot» blok-postida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari D.O`rmonov va M.Tojiboevlar tomonidan, Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan "Spark" rusumli avtomobil to`xtatilib, xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganda, yo`lovchi, 1990 yilda tug`ilgan G`.R.ning yonidan qog`ozga o`ralgan, yashil rangli, o`tkir hidli, o`simlik moddasi topilgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro G`.R. va topilgan modda Yangihayot tumani IIO FMBga topshirilgan.






