1

Prezident BAA bilan hamkorlikdagi energetika loyihalari bilan tanishdi

Siyosat 12.07.2022, 22:50
Teglar: BAA, energetika
Prezident BAA bilan hamkorlikdagi energetika loyihalari bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoev 12 iyul kuni Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda energetika sohasida amalga oshirilayotgan yirik loyihalarga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda. 

O`zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari hamkorligi jadal rivojlanmoqda. Joriy yil boshidan buyon o`zaro savdo hajmi ikki barobar ko`paydi, mamlakatimizda 45 ta yangi qo`shma korxona tashkil etildi.

O`zaro manfaatli hamkorlik ko`plab iqtisodiyot tarmoqlarini qamrab olgan. Shulardan eng muhimlaridan biri energetikadir.

O`tgan yili Navoiy viloyatida yurtimizdagi birinchi quyosh elektr stansiyasi aynan Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi bilan hamkorlikda ishga tushirilgan edi. Bugungi kunda u bir kecha-kunduzda 1 million 180 ming kilovatt soat elektr energiyasi etkazib bermoqda.

Bu sohada yana 5 ta yirik loyihani amalga oshirish kelishilgan bo`lib, ularning umumiy qiymati qariyb 3 milliard dollarni tashkil etadi. Xususan, “Mubadala” va “Taqa” kompaniyalari bilan hamkorlikda Talimarjon issiqlik elektr stansiyasini xususiylashtirish va quvvatini oshirish, “Masdar” kompaniyasi bilan Navoiy viloyatida shamol, Surxondaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida quyosh elektr stansiyalarini qurish mo`ljallangan.

Shuni alohida ta`kidlash kerakki, joriy yildan Birlashgan Arab Amirliklari bilan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va muvofiqlashtirish bo`yicha yangi tizim yo`lga qo`yildi.

Yig`ilishda energetika sohasidagi loyihalar ijrosi ana shu tizim asosida ko`rib chiqildi.

Mutasaddilar loyihalarning hozirgi holati va yil yakunigacha mo`ljallangan chora-tadbirlar yuzasidan axborot berdi. 

Davlatimiz rahbari bu loyihalar energetika tizimi barqarorligiga hamda iqtisodiyot tarmoqlariga investisiya oqimi yanada ko`payishiga zamin yaratishini ta`kidladi.

Talimarjon issiqlik elektr stansiyasini xususiylashtirish haqida so`z borar ekan, bu loyiha issiqlik elektr stansiyalarini boshqarish va energiya ishlab chiqarishda namunaviy bo`lishi kerakligi qayd etildi.

“Masdar” kompaniyasi bilan qayta tiklanuvchi energetika sohasida amalga oshiriladigan loyihalar 2030 yilgacha mamlakatimizda “yashil energetika” ulushini 25 foizga etkazishda muhim qadam bo`ladi. Shu bois, loyihalarni amalga oshirish bo`yicha zarur bitim va hujjatlar imzolashni tezlashtirish muhimligi ko`rsatib o`tildi.

Sharhlar

AI-80 benzini uchun aksiz solig`i bekor qilindi, endi benzin qanchaga arzonlaydi? Vazir o`rinbosari aniq narxni e`lon qildi (video)

10.12.2022, 10:16

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekistonda AI-80 benzini uchun aksiz solig`i bekor qilindi. Shu chora qo`llanilganidan so`ng uning AYoQShlardagi narxi necha pul bo`ladi? Ushbu savolga O`zbekiston energetika...
BAA Qirg`izistonda Islom akademiyasini quradi

14.09.2021, 10:41

Qirg`iziston Prezidenti Sadir Japarov mamlakat muftiysi Zamir Rakiev bilan uchrashuv o`tkazdi, unda mafkuraviy xavfsizlik, dinlararo bag`rikenglik va diniy ta`lim masalalari muhokama qilindi. Bu haqda Regnum...
BAA mamlakatdagi chet elliklarga fuqarolik olish imkoniyatini bermoqda

31.01.2021, 12:21

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) bir qancha talablar asosida chet elliklarga fuqarolik olish huquqini beradi. Bu haqda rbc.ru xabar bergan.Xabarda aytilishicha, fuqarolikka da`vogarlarning arizalari hukumat hamda...
COVID-19: BAA O`zbekistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini yubordi

15.10.2020, 22:26

Gumanitar yuk tarkibiga sun`iy nafas oldirish jihozlari, kislorod konsentratorlari, PZR-laboratoriyalari va ekspress test-tizimlar hamda yordamchi tibbiy asbob-uskunalar kiritilgan.Birlashgan Arab Amirliklari O`zbekistonga COVID-19 ga qarshi kurashish...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1