1

"Sevinch" Hindistonning eng yaxshi futbolchisi bilan shartnoma imzoladi

Sport 13.07.2022, 10:32
"Sevinch" Hindistonning eng yaxshi futbolchisi bilan shartnoma imzoladi

Hindiston ayollar terma jamoasi a`zosi Dangmey Greys "Nasaf" klubi qoshidagi "Sevinch" jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda hind nashrlari xabar tarqatdi. Manbaga ko`ra, kelishuv 6 oyga mo`ljallangan.

26 yoshli futbolchi so`nggi 2 yilni "Gokulam Kerala" klubida o`tkazdi. U 2013 yildan buyon Hindiston milliy jamoasi a`zosi hisoblanadi.

"Har bir o`yinchida bo`lganidek menda ham xorij klubida to`p tepish orzusi bor edi. Ushbu maqsadim amalga oshadigan bo`ldi. Men juda ham hayajondaman. Men hali "Sevinch" bosh murabbiyi bilan gaplashmadim. Ammo bu jamoaning o`yin uslubi "Gokulam Kerala"dan farq qilsa kerak deb o`ylayman. Jamoaga moslashib olish mening dastlabki maqsadim hisoblanadi", — dedi Dangmey.

Dangmey Greys 2019 yilda Hindistonning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

Ma`lumot o`rnida: "Sevinch" O`zbekiston chempionatining joriy mavsumida 11-turdan keyin 29 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. "So`g`diyona" hisobida ham shuncha ochko mavjud. "Bunyodkor" esa ulardan bir ochko kam jamg`argan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1