Xonanda Kanizadan turmush o`rtog`i bilan tushgan suratini talab qilishmoqda.
Kanizaning “Instagram” ijtimoiy tarmog`idagi muxlislari to`ydan keyingi suratlarda yolg`iz tushayotgani va turmush o`rtog`ining kimligi va suratini sir tutayotgani uchun uni yolg`ondan turmushga chiqqanlikda ayblashmoqda, deb yozadi “Diydoraziz” nashri.
Kaniza o`z o`rnida uning shaxsiy xayotiga hech kimning aralashishga xaqqi yo`q ekanligini ta`kidlamoqda. U xaqiqatan turmushga chiqqanini va xozir yolg`iz emasligini aytsada, muxlislar undan turmush o`rtog`ining rasmini talab qilishdan charchashmayapti.
Eslatib o`tamiz, 28 aprel kuni xonanda “Istiqlol” san`at saroyida o`zining yakkaxon konsert dasturi, tavallud ayyomi hamda to`yini nishonlagan edi.