AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istondagi komendantlik soati vaqtini o`zgartirish taklifi tasdiqlandi

'Qoraqalpog`istondagi komendantlik soati vaqtini o`zgartirish taklifi tasdiqlandi'ning rasmi

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo`shma majlisi bo`lib o`tdi. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qo`shma majlisda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 iyuldagi “Qoraqalpog`iston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish to`g`risida”gi Farmoniga o`zgartish kiritish to`g`risida”gi PF-164-son Farmonini tasdiqlash masalasi ko`rib chiqildi.

Majlisda qayd etilishicha, mazkur farmonga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 iyuldagi “Qoraqalpog`iston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish to`g`risida”gi PF‒164-son Farmonining 2-bandidagi “soat 21:00 dan soat 07:00 ga qadar” so`zlari “soat 23:00 dan soat 05:00 ga qadar” so`zlari bilan almashtirilmoqda.

Majlisda kun tartibidagi masala tasdiqlandi va Oliy Majlis palatalarining qo`shma qarori qabul qilindi.

    Boshqa yangiliklar