AsosiyJamiyat

Samarqandda bog`cha mudirasi metodistning boshini urib yordi

'Samarqandda bog`cha mudirasi metodistning boshini urib yordi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Qo`shrabot tumanidagi maktabgacha ta`lim muassasalaridan birida hodimlar bir-birlarini "krujka" bilan urib boshini yorishdi” sarlavhasi ostida video tarqaldi. 

Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati ma`lumot taqdim etdi. 

Ma`lum qilinishicha, 2022 yilning 1 iyul kuni Qo`shrabot tumanidagi maktabgacha ta`lim muassasalaridan birining mudirasi Ch.A. hamda shu muassasa metodisti E.G.lar o`rtasidagi kelishmovchilik natijasida janjal yuzaga kelgan. Janjal davomida Ch.A., E.G.ning boshi qismiga bakal bilan urib, tan jarohati etkazgan.

Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 02 iyul kuni Qo`shrabot tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar