1

O`zbekiston-Turkmaniston muzokaralari yakunida hujjatlarni imzolash marosimi bo`lib o`tdi

Siyosat 14.07.2022, 19:57
O`zbekiston-Turkmaniston muzokaralari yakunida hujjatlarni imzolash marosimi bo`lib o`tdi

“Ko`ksaroy” qarorgohida o`tgan oliy darajadagi O`zbekiston-Turkmaniston muzokaralari yakunida hujjatlarni imzolash marosimi bo`ldi.  Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi. 

Shavkat Mirziyoev va Serdar Berdimuhamedov Qo`shma bayonot imzoladilar. Unda erishilgan asosiy kelishuvlar mustahkamlab qo`yilgan hamda ikki mamlakat o`rtasidagi ko`p qirrali o`zaro manfaatli hamkorlik va strategik sheriklikni yanada kengaytirish va mustahkamlash bo`yicha uzoq muddatli vazifalar belgilangan.

Davlat rahbarlari huzurida ikki mamlakat vazirlik va idoralari rahbarlari tomonidan bitimlar imzolandi. Jami 19 ta hujjatga imzo chekildi, shular jumlasidan:

- Transport-tranzit sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish to`g`risida bitim;

- Turizm sohasidagi hamkorlik to`g`risida bitim;

- Amudaryo suv resurslarini boshqarish, muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish to`g`risida bitim;

- Tashabbusli ilmiy-tadqiqot loyihalarining qo`shma tanlovini o`tkazish to`g`risida bitim;

- 2022-2025 yillarga mo`ljallangan savdo-iqtisodiy hamkorlik va sanoat kooperasiyasini rivojlantirish dasturi;

- 2022-2024 yillarga mo`ljallangan ilmiy-texnik hamkorlik to`g`risida dastur;

- 2023-2024 yillarga mo`ljallangan tashqi ishlar vazirliklari o`rtasidagi hamkorlik dasturi;

- O`zbekiston-Turkmaniston chegaraoldi savdo zonasi – Savdo markazini tashkil etish va faoliyatini tartibga solish to`g`risidagi Hukumatlararo bitim qoidalarining amaliy ijrosini ta`minlash bo`yicha chora-tadbirlar rejasi.

Shuningdek, kimyo tarmog`i, bojxona, temir yo`llar, muzeylar, adliya, yoshlarga doir siyosat, teleradioeshittirish va boshqa sohalardagi hamkorlik yuzasidan qator hujjatlar imzolandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1