1

Toshkentda “Tolibon” vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

Siyosat 25.07.2022, 15:38
Toshkentda “Tolibon” vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

25 iyul kuni Toshkentda bo`lib turgan “Tolibon” delegasiyasi O`zbekiston tomoni bilan uchrashdi. Bu haqda “Sputnik Afganistan” xabar berdi, deya yozmoqda "Zamon.uz".

Toliblar tomonidan tashqi ishlar v.b. Amir Xon Mutaqqiy, moliya vaziri v.b. Xidoyatullo Badri ishtirok etgan. O`zbekiston tomonidan Abdulaliz Komilov va Prezidentning Afg`oniston bo`yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev muloqot olib borgan.

Muzokaralarda infratuzilmaviy loyihalar, jumladan, Transafg`on temiryo`li masalasi ko`rib chiqilgan.

Bundan tashqari, O`zbekiston tashqi ishlar V.b. Vladimir Norov ham toliblar delegasiyasini qabul qilgan.

Ma`lumot o`rnida: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan 2022-yil 25-26 iyul kunlari Toshkent shahrida “Afg`oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” xalqaro konferensiyasi bo`lib o`tadi. 

Unda quyidagi masalalar ko`rib chiqiladi:

—Afg`oniston yo`nalishida xalqaro hamjamiyatning muvofiqlashtirilgan harakatlarini, ushbu mamlakatning iqtisodiy tiklanishi, afg`on xalqiga shoshilinch gumanitar yordam ko`rsatish bo`yicha aniq takliflarni ishlab chiqish; 

—Afg`oniston yangi hukumati tomonidan jahon hamjamiyatining asosiy talablarini (keng vakillik asosida hukumat tuzish, xotin-qizlar huquqlariga rioya qilish va qizlarning to`laqonli maktab ta`limi olishini ta`minlash) bajarish jarayonini tezlashtirish masalasida xalqaro samarali muloqotni yo`lga qo`yish. Bu Afg`onistondagi milliy yarashuv jarayonini oxiriga etkazishning asosiy sharti bo`ladi;

—Afg`oniston Muvaqqat hukumati tomonidan ushbu mamlakat hududidan qo`shni davlatlar, mintaqaning boshqa davlatlari va butun dunyo xavfsizligi manfaatlariga qarshi foydalanishga yo`l qo`ymaslik bo`yicha olgan majburiyatlarni tasdiqlash;

—Afg`onistonning chet eldagi moliyaviy aktivlariga qo`yilgan cheklovlarni bekor qilish, shuningdek, mamlakat hududida transport-kommunikasiya va energetika sohalarida turli infratuzilma loyihalarini amalga oshirish muhimligini tushuntirish.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1