AsosiyDunyo

Maymun chechagini yuqtirgan bemorlar soni yanada ko`proq bo`lishi mumkin — JSST eksperti

'Maymun chechagini yuqtirgan bemorlar soni yanada ko`proq bo`lishi mumkin — JSST eksperti'ning rasmi

 Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining maymun chechagi infeksiyasi bo`yicha bosh mutaxassisi Rozomund Lyuis mazkur virusning keng tarqalishi bilan bog`liq xulosalarini ma`lum qildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Uning qayd etishicha, o`tkazilgan tibbiy tekshiruvlar natijasida hozirgacha xastalik 16 ming nafardan ziyod bemorda tasdiqlangan. Ammo haqiqiy epidemiologik vaziyat bundan ham yomonroq bo`lishi mumkin.

Chunki qator mamlakatlarda ushbu yangi infeksiyaga aniq tashxis qo`yish imkoniyati chegaralangan. Diagnostik testlar etishmovchiligi kuzatilyapti. Tabiiyki, ana shunday sharoitda tasdiqlanmagan holatlar statistikaga kiritilmaydi.  

To`g`ri, hozircha Evropadan boshqa mintaqalarda maymun chechagining tarqalish dinamikasi yuqori xavf darajasida emas. Ammo o`z vaqtida tegishli choralar ko`rilib, epidemiya tezroq jilovlanmasa, xastalik ko`lami va asoratlari yanada oshib ketishi mumkin.  

Masalan, Kongo Demokratik Respublikasida minglab odamlar maymun chechagi alomatlari bilan tibbiyot muassasalariga murojaat qilgan. Biroq bu mamlakatda xastalikni aniqlashda qo`llaniladigan maxsus sinamalalar va boshqa tibbiy resurslar tanqis.  

Shunga qaramay, tor qamrovdagi tekshiruvlar so`ngida yuzlab kishilarga bu xavfli kasallik tashxisi qo`yilgan. Xavotirli jihati, ulardan 81 nafari 17 yoshgacha bo`lgan bolalardir. Asosiy qatlamni tashkil etuvchi bemorlarning o`rtacha yoshi esa 37 ga teng.  

JSST vakilining qayd etishicha, endilikda nafaqat bemorning o`zi, balki kiyim-kechak, idish-tovoq, choyshab, sochiq kabi shaxsiy vositalar ham kasallik tashuvchisi bo`lishi ehtimoli mavjud.

    Boshqa yangiliklar