O`qishga kiritish hamda o`qishni ko`chirib berish bilan bog`liq firibgarlik holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, Departament hamda DXXning Xorazm viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Ya.M. boshqa bir fuqaro R.ni tanishlari yordamida Toshkent davlat agrar universitetiga o`qishga kiritib qo`yish evaziga 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro G.A. boshqa bir fuqaro D.ning qo`shni Qirg`iziston Respublikasi universitetidagi o`qishini Namangan davlat universitetiga ko`chirib berish evaziga 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Bekobod tuman bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda esa, “I.K.” MChJ xodimi A.A. fuqaro M.ning qo`shni Tojikiston Respublikasidagi o`qishini Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika unversitetiga ko`chirib berish evaziga 2 200 AQSh dollarlari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
👉@Department_uz






