"O`zgidromet" 29 iyuldan 1 avgustga qadar kutilayotgan havo bo`yicha ma`lumotlar berdi.
Ma`lum qilinishicha, ayni kunlardda mamlakatda uzoq kutilgan yomg`ir yog`ishi bashorat qilinadi.
Xususan, Qoraqalpog`istonda havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, 29 iyulda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. 30 iyul-1 avgustda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 iyulda ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, chang-to`zonlar bo`lishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 30-35° bo`ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 iyulda ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, chang-to`zonlar bo`lishi mumkin. Harorat 29 iyulda kechasi 25-30°, kunduzi 34-39°, 30 iyul-1 avgustda kechasi 22-27°, kunduzi 36-41° bo`ladi.
TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 iyulda ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, chang-to`zonlar bo`lishi mumkin. Harorat kechasi 29 iyulda 22-27°, 30 iyul-1 avgustda 20-25°, kunduzi 29-30 iyulda 33-38°, 31 iyul-1 avgustda 30-35° bo`ladi.
QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 iyulda ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, chang-to`zonlar bo`lishi mumkin. Harorat kechasi 29-30 iyulda 25-30°, kunduzi 37-42°, 31 iyul-1 avgustda kechasi 23-28°, kunduzi 34-39° bo`ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 iyulda ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, chang-to`zonlar bo`lishi mumkin. Harorat kechasi 29-31 iyulda 22-27°, 1 avgustda 20-25°, kunduzi 29-30 iyul 33-38°, 31 iyulda 30-35°, 1 avgustda 28-33° bo`ladi.
RESPUBLIKANING TOG`OLDI VA TOG`LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, 29 iyulda yog`ingarchilik kutilmaydi. 30 iyul-1 avgustda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan7-12 m/s tezlikda esadi, 29 iyulda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, chang-to`zonlar bo`lishi mumkin. Harorat 29 iyulda kechasi 20-25°, kunduzi 23-28°, 30 iyul-1 avgustda kechasi 13-18° gacha pasayadi, kunduzi 30 iyulda 21-26°, 31 iyul-1 avgustda 18-23°.






