1

Furqat tumanida xonadon erto`lasidan og`u topildi

Jinoyat 28.07.2022, 08:40
Furqat tumanida xonadon erto`lasidan og`u topildi

Farg`ona viloyatining Furqat tumanida 2022 yilning 19 iyul kuni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida Boltako`l mahalla hududida yashovchi Yu.O.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda xonadon erto`lasida «marixuana» giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste`mol qilish sog`lig`ingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishini esdan chiqarmang.

Eslatib o`tamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin, deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1