Afg`onistonda IShID jangarilari soni 6 mingga etdi. Bu haqda Zamon.uz sayti RF prezidentining Afg`oniston bo`yicha maxsus vakili Zamir Kabulovga tayanib ma`lum qilmoqda.
“Taxminan ularning soni 6 mingga etgan. Toliblar hokimiyatni egallagandan so`ng ularning soni 2 ming atrofida edi, hozirda ular 3 barobarga ko`paygan”, – degan diplomat.
Maxsus vakilning so`zlariga ko`ra, bu Afg`onistondagi vaziyatning eng salbiy nuqtasi hisoblanadi. U nafaqat mamlakatning o`zi uchun, balki uning qo`shnilari uchun ham xavf tug`diradi.
Kabulov sanksiyalar tufayli “Tolibon” o`z jangovar shayligini saqlab turishga qiynalmoqda.





