Ayo Sofiya masjidi mahalliy va xorijlik sayyohlar uchun Turkiyadagi eng mashhur diqqatga sazovor joy sanaladi.
Xususan, Istanbuldagi diniy bino, Ayo Sofiya masjidiga u ochilganidan keyin ibodat uchun 2 yil ichida 6,5 milliondan ortiq ziyoratchi tashrif buyurdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, 1985 yilda tarixiy obida YuNESKOning Butunjahon merosi ro`yxatiga kiritilgan.
Turkiyaning mazkur diqqatga sazovor joyi 916 yil davomida, 1453 yilga qadar cherkov bo`lib xizmat qilgan.
Hudud 2020 yilgacha muzey sifatida odamlar uchun ochiq bo`lgan. 2020 yil 10 iyulda avvalgi qaror bekor qilingan. Unga ko`ra, Ayo Sofiya muzey hisoblanardi. Bino o`z maqsadiga qaytarildi va o`sha yilning 24 iyulida Turkiya prezidenti Erdog`an pandemiyaga qaramay, yuzlab musulmonlar bilan masjid ichida namoz o`qidi.
Poytaxt muftiysi o`rinbosari Ahmet Aktyurkogluning so`zlariga ko`ra, bino maqomining muzeydan masjidga o`zgartirilishi Islom tarixidagi juda muhim voqeadir. Muhtasham bu hudud bir vaqtning o`zida ko`plab dindorlar va sayyohlarni o`ziga jalb qiladi. Shuning barobarida, musulmonlarning Qurbon hayiti paytida tashrif buyuruvchilar alohida qiziqish uyg`otadi.






